Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tadbirkorlar uchun ishchi tayyorlaydigan markaz tashkil etiladi

Tadbirkorlar uchun ishchi tayyorlaydigan markaz tashkil etiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Hozirda xususiy inson resurslari kompaniyalari ish beruvchilarga bilim va ko‘nikmasi, salohiyati bor kadrlarni topib bermoqda.

Endilikda bu tajribani kengaytirish zarurligi qayd etildi.

Savdo-sanoat palatasi huzurida ishlash istagi bor kambag‘al aholi orasidan tadbirkorlarga ishchi topib, ularni tayyorlab beradigan markaz tashkil qilinadi.

Ushbu markaz orqali qaysi yo‘nalishda qancha ishchi kerakligi o‘rganiladi, kambag‘al aholi nimaga qiziqishi va ko‘nikmasi borligi aniqlanadi, tadbirkorlar talabiga mos kambag‘al oila a’zolari ishga yo‘naltiriladi, malakasi yetmaganlar esa tadbirkorlar bilan birga kasbga o‘qitilib, keyin ishli qilinadi.

Umuman, aytilgan barcha imkoniyatlar hisobiga yil yakunigacha 500 ming, bir yilda 1,2 million aholini kambag‘allikdan chiqarish mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari, viloyat hokimlari oldiga vazifa qilib qo‘yildi.

Endilikda 2024-2025 yillarda odamlar o‘zini o‘zi band qilishi, kichik va o‘rta tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun mikrokreditlar ajratishga 10 trillion so‘m beriladi.

Shuningdek, kambag‘al oilalarga 30 million so‘mgacha uskuna, ko‘chma do‘kon (fud-trak), motoroller, skuter kabi vositalar 5 yilda bo‘lib to‘lash sharti bilan beriladi.

Kambag‘al oila farzandlariga kompyuter sotib olish uchun 5 yilga 2 yillik imtiyozli davr bilan foizsiz kredit ajratiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring