Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi davlat qo‘mitasi tashkil etildi. To‘rtta institut uning tarkibiga o‘tkazildi

Yangi davlat qo‘mitasi tashkil etildi. To‘rtta institut uning tarkibiga o‘tkazildi

Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoni (PF-5696, 28.03.2019-y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Farmon bilan Davlat veterinariya qo‘mitasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil etildi hamda uning asosiy vazifalari belgilab berildi.

Qo‘mita veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.

Quyidagilar Qo‘mita tarkibiga o‘tkazildi:

  • Samarqand veterinariya meditsinasi instituti va uning akademik litseyi;
  • Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti;
  • Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti;
  • Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti.

Qo‘mita huzurida Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasi hamda «O‘zbekchorvanasl» agentligi tashkil etildi.

2020-yil 1-yanvardan:

  • 100 boshli chorva va 100 ming parranda bo‘lgan xo‘jaliklarda veterinariya vrachi va zootexnik shtati joriy etiladi;
  • qoramolchilik yo‘nalishidagi xo‘jaliklardagi hamda aholi qaramog‘idagi sigirlar seleksiya rejasiga asosan naslli buqalar urug‘i bilan sun’iy urug‘lantiriladi;
  • tuman hokimlari kelgusi yilga ozuqa ekinlarini joylashtirish rejasini «O‘zbekchorvanasl» agentligining hududiy boshqarmalari bilan kelishadi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring