Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tadbirkorlarga yangi soliq konsepsiyasi bo‘yicha hisoblarni yuritishda bepul yordam ko‘rsatiladi

Tadbirkorlarga yangi soliq konsepsiyasi bo‘yicha hisoblarni yuritishda bepul yordam ko‘rsatiladi

Foto: Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi

Yunusobod tumanida Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi tomonidan 2019 yil 1 yanvardan umumbelgilangan soliq tizimiga o‘tayotgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun seminar-trening o‘tkazildi. Unda 200 nafardan ortiq tadbirkorlik sub’yektlari vakillari ishtirok etdi. Bu haqda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, tadbirkorlik sub’yektlari uchun korxona foydasidan qat’i nazar, tovar aylanmasidan 3,2 foiz miqdorida undiriladigan majburiy ajratmalar Konsepsiyaga asosan bekor qilingan. Buning natijasida Yunusobod tumanidagi korxonalar ixtiyorida 230 mrld. so‘mdan ortiq mablag‘ qoladi.

Shuningdek, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasi 14 foizdan 12 foizgacha, dividendlar va foizlar ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha foyda solig‘i stavkasi 10 foizdan 5 foizgacha pasaytirilishi natijasida tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar daromadi 5 mrld. so‘mga oshishi kutilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 9 oyi yakunlari bo‘yicha Yunusobod tumanidagi yillik aylanmasi 1 mlrd so‘mdan oshgan 587 ta korxonaga umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tishlari haqida xabarnomalar jo‘natilgan. Ayni paytda 500 ta korxona qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.

Seminarda soliq to‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Yunusobod tumani davlat soliq inspeksiyasining malakali xodimlaridan iborat maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi guruh tashkil etilgani ma’lum qilindi. Ular tomonidan tadbirkorlik sub’yektlariga qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish hamda elektron hisobvaraq-fakturalarni yuritish qoidalari bo‘yicha bepul amaliy yordam ko‘rsatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring