Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaqinda oddiy qopda insulin olib o‘tmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi — Dori vositalarining raqamli pasporti qanchalik kerak?

Yaqinda oddiy qopda insulin olib o‘tmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi — Dori vositalarining raqamli pasporti qanchalik kerak?

Axoli salomatligi – eng oliy ne’mat. Uni asrash uchun juda ko‘p amaliy ishlar, qonunlar va tadbirlar qabul qilinmoqda va bajarilmoqda. Zero pirovard maqsadimiz – nafaqat xalqimiz salomatligini asrash, balki uni salbiy ta’sirlardan ximoya qilish hamdir.

Bugungi kunda dori vositalariga bo‘lgan talab juda yuqori. Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining xabar berishicha, mamlakatimiz hududida 17 000 dan ortiq dorixonalar faoliyat ko‘rsatib, ularda qariyib 11 000 turdagi dori vositalari axoliga taqdim etilgan. Bu nafaqat mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan vositalar, balki chetdan import qilinganlari ham.

Dori vositasi – bu aloxida mahsulot, uni ishlab chiqarish va sotishda juda katta talablar mavjud. Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazining Huquqni muhofaza qilish organlari murojaatlari bilan ishlash bo‘limiga joriy yilning oktyabr oyi davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 95 ta murojaat kelib tushgan. Ekspertiza xulosalariga ko‘ra, 593 turdagi 25476 o‘ram farmatsevtika mahsulotlari, jumladan:

200 turdagi 8139 o‘ram - davlat ro‘yxatidan o‘tmagan;
188 turdagi 7624 o‘ram - muvofiqlik sertifikati mavjud emas;
27 turdagi 672 o‘ram - yorliqlash ko‘rsatkichi bo‘yicha (kontrafakt);
21 turdagi 82 o‘ram - yaroqlik muddati tugagan (siftsiz);

1 turdagi 33 o‘ram  qalbakilashtirilgan bo‘lib, (Zardeks d/v bir necha marotaba takrorlangan holda) tibbiyot amaliyotida qo‘llash mumkin emasligi aniqlandi.

Bu sonlar farmatsevtika bozorida qalbaki va sifatsiz dori vositalarining mavjudligini isbotlaydi. Demak, axoli salomatligi xavf ostida bo‘lishi mumkin. Bu muammono yechishda qaysi vosita eng samarali hisoblanadi?

Jahon tajribasida faol tadbiq etilayotgan Raqamli markirovkalash tizimi bu muammoning yechimi bo‘la oladi. Uning afzalliklari ko‘p va eng muhimi, jamoat nazorati vositasini taqdim etadi.

Xo‘sh, mamlakatimizda Raqamli markirovkalash tizimi tadbiq etilganmi? Uning ilk natijalari qanday?

Vazirlar Mahkamasining 149-sonli qaroriga muvofiq 1 sentyabrdan e’tiboran «Dori vositalarini markirovkalash» tizimi bosqichma-bosqich joriy etildi. Qarorga muvofiq, 1 sentyabr 2022 yilda, 1-guruh dori vositalari – ikkilamchi, ya’ni tashqi qadoqdagi dori vositalarining markirovkasiga start berilgan bo‘lsa, 1 noyabrda 2-guruh: birlamchi (ichki) qadoqdagi dorilar raqamlashtirilishi boshlandi.

«Bugungi kunda bozordagi 415dan ortiq dori vositalarini yetkazib beruvchi kompaniyalar raqamli markirovka tizimiga o‘tishgan. E’tiborlisi shundaki, mahalliy ishlab ciqaruvchilarning 100% markirovka kodiga ega dorilarni ishlab chiqarishni allaqachon boshlashgan. Mamlakatimizga dorilani chetdan olib kirish bilan shug‘ullanadigan kompaniyalarning 70% tizimida ro‘yxatdan o‘tib, kodlardan faol foydalanmoqda. Bozor esa markirovkalangan mahsulotlarni qabul qilishni boshladi. Quvonarlisi, hatto chekka tumanlarda joylashgan farmatsevtik kompaniyalar ham kerakli uskunalarni o‘rnatib, Data Matrix kodli dori vositalarini ishlab chiqarmoqda. Misol uchun, yaqindagina Xorazm viloyatida joylashgan «Jayhun Invest » kompaniyasi ham bevosita markirovkalangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni boshlagani to‘g‘risida xabar oldik», – dedi «Dori vositalari» mahsulot guruhi menedjeri Diyor Rasulev.

Dori vositalarini nazorat (identifikatsiya) belgilari bilan markalashni joriy etishning asosiy maqsadi Respublikamiz hududida noqonuniy ishlab chiqarishga va ularni ushbu hududga olib kirishga qarshi kurashishdan iborat bo‘lib, bu dori vositalarining noqonuniy aylanishini butunlay yo‘q qilishi kerak. Dori vositalarini markirovkalash hal qilish kerak bo‘lgan yana bir muhim vazifa - bu dori vositalarini etkazib berish va tarqatish, shu jumladan davlat ehtiyojlari uchun sotib olinganlarni hisobga olish tartiblarini standartlashtirish va unifikatsiya qilishdir. Bu boradagi ishlar 2023-2024 yillarda amalga oshiriladi.

Tizim afzalliklari to‘g‘risida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish Agentligi boshlig‘i Sardor Kariyev o‘rtoqlashdi:

«Bu sohada qalbakilashtirish va noqonuniy savdo qilish bilan bog‘liq bitta holat ham – bu fojia. Agar sizga soxta Iphone yoki krossovkalar sotilgan bo‘lsa, siz faqat pul yo‘qotasiz. Buzilgan oziq-ovqat mahsulotlarini tashqi belgilar - rang, hid bilan aniqlash mumkin. Dori vositalari bilan esa barchasi murakkabroq, preparatning sifatsiz ekanligini aniqlash juda qiyin. Shu bilan birga, masalan, past sifatli antibiotik inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, hatto hayotini yo‘qotishi mumkin.Shuni ta’kidlashni istardimki, biz faqat soxta va kontrafakt farmatsevtika mahsulotlari haqida gapirmayapmiz. «Standart bo‘lmagan mahsulotlar» degan kengroq tushuncha mavjud. Ya’ni, standartlar va texnik shartlar talablariga javob bermaydi. Dori vositasini ishlab chiqarishda foydalaniladigan moddalar emas, balki ularning dozasi, yaroqlilik muddati o‘tgani, saqlash qoidalari ham inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, yaqinda chegarada oddiy qoplarda insulin olib o‘tmoqchi bo‘lgan «uddabironlar» qo‘lga olindi. Ammo bu ma’lum bir harorat rejimiga muhtoj bo‘lgan termolabil dori. Albatta, agar bu insulin dorixonalarga tushsa, oqibatlari qayg‘uli bo‘lishi mumkin».

Yangi talablar tabiyki qiyinchiliklarni chiqarib keladi. Har bir dori vositasiga «Raqamli pasport» taqdim etish qanchalik qiyin, jarayonlardagi muammolar qanday? Bu savollar bilan biz mahalliyishlab chiqarish kompaniyasi vakiliga murojaat etdik.

«2021 yil dekabr oyida korxonamizda tajriba loyhasi doirasida markirovkalash tizimining joriy etilishi natijasida avvaliga mahsulot ishlab chiqarish 40 foizga kamaydi. Uskunalarimizni sotib olib, texnologiyani to‘liq joriy qilganimizda, ishlab chiqarish hajmi deyarli o‘zgarmadi. Ishlab chiqaruvchi to‘liq ishga tushishi uchun 6 oygacha vaqt ketishi mumkin. Shulardan uskunani 3-5 oy kutish, korxonada to‘liq joriy etish uchun esa bir oy vaqt kerak. Asosiysi – tizim bizga ilgari bo‘lmagan tahliliy ma’lumotlarni onlayn tarzda taqdim etib turadi. Ya’ni biz ishlab chiqargan vositamizning harakat yo‘lini kuzata olamiz, qaysi doriga talab oshayotgani, va qaysi turni ishlab chiqarish hajmini kamaytirish kerakligini aniq ko‘ra olamiz. Bu esa ilgari bizda bo‘lmagan aniq marketing va ishlab chiqarish strategiyasini yo‘lga quyish uchun dastur bo‘lib xizmat qiladi», - deya izoh berdi Sherzod Karabayev.

Demak tizimni tadbiq etish – bu shaffof bozorni shakllantirishga qilingan investitsiyalar desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Barcha ishtirokchilar birdek yangi texnologiya noqonuniy savdoga qarshi kurashda yordam berishiga ishonadi.

«Albatta, markirovkalash mamlakatga kontrafakt mahsulotlar importini kamaytirishga yordam beradi. Har qanday avtomatlashtirish jarayoni samarali ma’lumotlar bazasi hisoblanadi. Uni amalga oshirish vaqt talab etadi va faqat innovatsiyani bosqichma-bosqich amalga oshirish ma’lumotlar bazasini yaratishda xatolardan qochadi. Raqamlashtirish bosqichma-bosqich joriy etilishi bilan mamlakatimizdagi har bir iste’molchi xavfsizroq bo‘lishini kutamiz», — deya izoh berdi Grand Medical Group vakolatxonasi rahbari Alisher Jumaniyozov.

«Bugun Asl Belgisi markirovkalash tizimining Milliy Katalog bo‘limida 7 000dan ortiq nomdagi dori vositalari kartalari mavjud. Ularning aslligi tekshirilgan va kodlarga buyurtma berishga ruxsat bor. Tizimning afzalligi – maxsus Data Matrix kodning har bir dona doriga qo‘llanilishida – identifikatsion kod takrorlanmaydi, uni qalbakilashtirib ham bo‘lmaydi va aynan undagi ma’lumotlar xaridorga Asl Belgisi mobil ilovasi orqali skanerlaganda mahsulot to‘g‘risida xabar beradi. Demak bozorni oqlashda va salomatligimizni ximoya qilishda zarur bo‘lgan jamoat nazorati shu zaylda shakllanadi», — deya izoh berdi «Dori vositalari va Tibbiy buyumlar» MG menedjeri Diyor Rasulev.

Raqamli markirovkalash tizimi 2025 yilgacha bosqichma-bosqich joriy etiladi. 2023 yilning 1 martidan e’tiboran orfan (kam uchraydigan kasalliklarga tashxis qo‘yish va ularni davolash uchun mo‘ljallangan dori vositalari) markirovkasi boshlanadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu turdagi dorilar ko‘proq qalbakilashtiriladi va ularnins aslligini ta’minlash juda muxim. Shu sababli bu toifadagi vositalar aloxida guruhga kiritilgan.

Bozorni dori-darmon bilan 25 foizga ta’minlayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun bu yangi jarayon, ishlab chiqarish maydonchalarini qayta jihozlash uchun investitsiyalar, yangi bilim va vaqt talab etiladi. Lekin ularning mahsuloti narxi oshgan taqdirda ham, bizning hisob-kitoblarga ko‘ra, taxminan 2-3 foizga bo‘lishi mumkin xolos. Agar tizim axoli salomatligini ximoya qilishga qaratilganini inobatga olsak, bu xavfsizlik maqsadlari uchun unchalik ko‘p emas.

Bundan tashqari Qarorda ayrim turdagi dorilarni bepul markirovkalash ko‘zda tutilgan.

«Yana bir e’tiborli jixati – bu ayrim turdagi dorilar operator tomonidan bepul markirovkalanadi, bepul taqdim etiladi. 149-sonli qarorda belgilangan - ishlab chiqaruvchining dori vositalariga belgilangan cheklangan sotish narxi bazaviy hisoblash miqdorining bir foizidan yuqori bo‘lmaganda (01.06.2022 yil xolatiga ko‘ra, BHMning 1% = 3000 so‘m), o‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan taqdim etiladigan dori vositalari ro‘yxatiga muvofiq raqamli markirovka kodlari Operator tomonidan bepul taqdim etiladi», – deya qo‘shimcha qildi Diyor Rasulev.

Tizimning to‘liq ishga tushirilishi farmatsevtika bozori ishtirokchilariga dori vositalari va tibbiy buyumlarning migratsiyasini kuzatish imkonini beradi: qayerga va qanday hajmda ketgan, hozir bozorda qanchasi bor, qaysi vositaga talab yuqori, qay biriga esa aksincha.

Bu barcha manfaatdor tomonlar uchun juda foydali monitoring vositasi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ayrim dori vositalarida qo‘shimcha nojo‘ya ta’sirlarni aniqlash va ularni muomaladan qaytarib olish zarurligi to‘g‘risida hisobotlar chiqaradi. Raqamlashtirish jarayoni taqdim etgan kuzatuv tizimi tufayli buni tezda amalga oshirish mumkin, bu esa inson qurbonlari sonini minimallashtiradi. Qo‘lda rejimda butun mamlakat bo‘ylab 17 mingdan ortiq dorixonalarni nazorat qilish qiyin.

Umuman olganda, raqamlashtirishning dastlabki natijalari va samaradorligini baholash uchun uch yil kerak bo‘ladi, chunki u bosqichma-bosqich joriy etilmoqda, markirovkalanmagan mahsulotlar hali ham bozorda aylanmoqda. Muximi, tizim joriy etildi – bu esa axoli salomatligini himoyalashda muhim jarayon!

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring