Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

14 mlrd so‘mlik tibbiy jihozlar tenderi bekor qilindi

14 mlrd so‘mlik tibbiy jihozlar tenderi bekor qilindi

Raqobat qo‘mitasi «Skymed-Technologies» MChJning murojaati asosida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Xaridlar markazi davlat muassasasi buyurtmachiligida tibbiy jihozlar xaridi bo‘yicha o‘tkazilgan tenderni o‘rgandi.

Tenderning boshlang‘ich narxi 14 mlrd so‘mni tashkil etgan. O‘rganish jarayonida savdoning «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun talablariga muvofiqligi ko‘rib chiqilgan.

Natijada Xaridlar markazi tomonidan mazkur qonunning 29-moddasi talablariga rioya qilinmagani aniqlangan. Xususan, savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar qayd etilgan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan ko‘rilgan choralar natijasida Xaridlar markazi davlat muassasasi tomonidan o‘tkazilgan tender belgilangan tartibda bekor qilindi.

Raqobat qo‘mitasi o‘rganishi murojaat asosida o‘tkazilgan bo‘lib, qonunbuzilish aniqlanganidan so‘ng tenderni bekor qilish chorasi ko‘rilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring