2020-yilda migrantlarga 3462ta xonadon ajratiladi (ro‘yxat)
2020-yilda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga ko‘p kvartirali uylardan 3462ta xonadon ajratish belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabariga ko‘ra, bu prezidentning 2019-yil 20-avgustdagi «Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a’zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida»gi farmoniga asosan amalga oshiriladi.
Vazirlik ajratiladigan xonadonlar hududlar kesimida qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini e’lon qildi.
Ular:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 210ta
- Andijon viloyati – 420ta
- Buxoro viloyati – 240ta
- Jizzax viloyati – 120ta
- Qashqadaryo viloyati – 300ta
- Navoiy viloyati – 60ta
- Namangan viloyati – 300ta
- Samarqand viloyati – 450ta
- Surxondaryo viloyati – 270ta
- Sirdaryo viloyati – 90ta
- Toshkent viloyati – 180ta
- Farg‘ona viloyati – 420ta
- Xorazm viloyati – 240ta
- Toshkent shahri – 162ta
Jami: 3462ta.
Bundan oldin, uy-joyga ehtiyojmand mehnat migrantlarini saralab olish tartibi loyihasi e’lon qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter