300 ming dollar pora olgan sobiq prokuratura xodimi qo‘lga tushdi

O‘z vaqtida Toshkent shahri tumanlarining birida prokuror katta yordamchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan A.B.A. katta miqdorda pora olgani aniqlandi.
«Xabar.uz»ga ma’lum qilishlaricha, 1979 yilda tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz fuqaro K.O.F.ni unga nisbatan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha qo‘llanilgan qamoqqa olish ehtiyot chorasini o‘zgartirib beraman, deb 300 ming dollar miqdorida pora olgan.
Siri fosh bo‘lgach, u bu pullarning bir qismini qaytargan, ammo 120 ming dollar haligacha egasining qo‘liga yetib bormagan.
Sobiq prokuror yordamchisi bu ish bilangina cheklanib qolmagan. U 5 yil muqaddam «Turkiston» banki xodimlarini qamoqdan chiqarish evaziga 400.000 AQSh dollari miqdorida pora berilishida ham «dallollik» qilgani aniqlandi.
Hozir surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter