Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

9–12-sentyabr kunlari Toshkentdagi bir nechta ko‘cha yopiladi

9–12-sentyabr kunlari Toshkentdagi bir nechta ko‘cha yopiladi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Toshkent shahrida 9–11-sentyabr kunlari Tashkent Music Fest 2022 musiqa festivali o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan 9 sentyabr soat 00:00 dan 12 sentyabr soat 18:00 gacha bir nechta ko‘cha yopiladi.

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yopiladigan ko‘chalar:

Buyuk Turon ko‘chasi — Alisher Navoiy shohko‘chasi bilan kesishmasidan Mustaqillik shohko‘chasigacha;

Istiqlol ko‘chasi — Buyuk Turon ko‘chasi bilan kesishmasidan Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasigacha;

Zarafshon ko‘chasi — Alisher Navoiy shohko‘chasi bilan kesishmasidan Mustaqillik shohko‘chasigacha;

Javaharla’l Neru ko‘chasi — Zarafshon ko‘chasi bilan kesishmasidan Mustaqillik shohko‘chasigacha.

Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring