Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliya vazirligi: «Propiska haqidagi hujjat esimizdan chiqqani yo‘q»

Adliya vazirligi: «Propiska haqidagi hujjat esimizdan chiqqani yo‘q»

Foto: «UzNews.uz»

Bir necha kun oldin «Propiska cheklovlarini bekor qilish muddati o‘tib ketdi, ammo bu mas’ullarning «esidan chiqdi» nomli maqola e’lon qilingan edi. Adliya vazirligi mazkur maqola yuzasidan javob qaytardi.

«Internetda «Propiska cheklovlarini bekor qilish muddati o‘tib ketdi, ammo bu mas’ullarning esidan chiqdi» mazmunida tarqatilgan maqolalar yuzasidan Adliya vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi:

— 2018y. 20-martga belgilangan muddat Toshkent sh. doimiy va vaqtincha ro‘yxatga qo‘yishning (hisobga olishning) soddalashtirilgan tartibini amalga kiritish uchun belgilangan muddat emas;

— 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturining 56-bandida belgilangan muddat (2018y. 20 mart) – Toshkent shahrida doimiy va vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish (hisobga olish) tartibini soddalashtirishni nazarda tutuvchi qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish uchun belgilangan muddatdir;

— Toshkent shahrida doimiy va vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish (hisobga olish) tartibini soddalashtirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

— Davlat dasturiga kirgan biror tadbirning esdan chiqishi hatto nazariy jihatdan ham sodir bo‘lmaydigan hodisa. Chunki, Davlat dasturiga kirgan har bir tadbir bo‘yicha tizimli nazorat olib boriladi. Muammoli xujjatlar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasida har haftada 2 marta muhokama o‘tkaziladi.

— Adliya vazirligi Toshkent shahrida doimiy va vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish (hisobga olish) tartibini soddalashtirish bo‘yicha ishlar to‘xtab qolmaganini yana bir bor ta’kidlaydi».

Adliya vazirligi o‘z bayonoti so‘nggida OAVlar va boshqa ma’lumot tarqatuvchi manbalarni noto‘g‘ri ma’lumotlar va fuqarolarni chalg‘itadigan xabarlar berishdan tiyilishga chaqirgan.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring