Ahror Burxonov O‘zbekistonning Vashingtondagi Bosh konsuli etib tayinlandi
So‘nggi 3 yilda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi sifatida faoliyat yuritib kelgan Ahror Burxonov mamlakatning Vashington shtatidagi (AQSh) bosh konsuli etib tayinlandi.
«O‘tgan yillar men uchun nihoyatda mazmunli va serqirra bo‘ldi. Birgalikda ilgari surilgan tashabbuslar, amalga oshirilgan loyihalar, ustozlardan olingan saboq va tajribalar, hamkasblar bilan yelkama-yelka olib borilgan ishlar hamda turli darajadagi uchrashuv va tadbirlar bu davrni unutilmas va qadrli xotiralarga boy qildi. Eng muhimi, barchamizni yagona maqsad — O‘zbekistonimiz manfaatlariga xizmat qilish istagi birlashtirib, yangi marralarga yetakladi.
Ushbu yo‘lda bildirilgan ishonch, qo‘llab-quvvatlov va hamkorlik uchun hammaga katta rahmat!» – deb yozadi A.Burxonov o‘zining «X» tarmog‘idagi sahifasida.
Ma’lumot uchun, TIV, hozircha vazirlikning yangi matbuot kotibi haqida ma’lumot bermagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter