Alisher Navoiy she’rlarini yoddan o‘qigan bolalar metrodan bepul foydalandilar
Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi munosabati bilan aksiya o‘tkazildi. Aksiyada Navoiy ijodidan namunalar yod aytgan yo‘lovchilariga bepul metrodan foydalanish imkoniyati berildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Respublika bolalar kutubxonasi direktori Doniyor O‘rolov xabar berdi.
Ishtirokchilarga shuningdek, «Bolalar adabiyoti» jurnali sovg‘a qilindi.
Eslatib o‘tamiz, bugun 9 fevral kuni o‘zbek she’riyati dahosi Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi keng miqyosda nishonlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter