Angliyada 10 yoshli o‘zbek qizi saratonga qarshi aksiya boshladi (video)

Buyuk Britaniyada o‘zbekistonlik 10 yoshli qiz Hafiza Nuriddinova O‘zbekistonda va Angliyada saratonga chalingan bolalarga yordam berish maqsadida xayriya aksiyasini boshladi. Quyida ushbu murojaat bilan tanishing.
«Salom, men Hafiza Nuriddinovaman. Yoshim 10 da. Saraton kasalligiga chalingan bolalar uchun pul yig‘moqchiman. Ular haqida do‘stlarim va oilamdagilardan eshitdim. Bu asosan saraton kasalligi Buyuk Britaniyadagiday moliyalashtirilmagan O‘zbekistondagi bolalar va o‘smirlar uchun amalga oshiriladi.
Shu sababli, men o‘zimga ikki hafta davomida vegetarianlik qilish vazifasini qo‘ydim va uni bugundan boshladim (2018-yil 12-fevral). Endi ovqatni tanlab yeyman. Shuning uchun mening vazifam oqsil darajasini saqlab qolish uchun go‘sht o‘rnini bosuvchi o‘zimga yoqmaydigan narsalarni iste’mol qilishdir.
Iltimos, saxiylik bilan ehson qiling. Pullar 100 foiz saraton kasalligiga chalinganlar uchun sarflanadi. Adminstrator uchun to‘lovlar yo‘q. Va’da! Rahmat».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter