Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avval sudlangan shaxs tug‘ruqxonaga ishga kiritishda qo‘lga olindi

Avval sudlangan shaxs tug‘ruqxonaga ishga kiritishda qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri bo‘limi va IIV xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro D.J. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro A.S.ni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Nukus shahridagi tug‘ruqxonaga 3 100 AQSh dollari evaziga ishga kiritib qo‘yishini va’da qilib, oldindan 1 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Navoiy shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar X.R. va F.T. fuqaro D.X. va boshqalarning ishonchiga kirib, ularni Navoiy shahridagi tibbiyot muassasalariga ishga kiritib qo‘yishlari evaziga 69,5 mln so‘m pul va 700 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring