Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ayollar jurnalistikasi yanada faollashadi

Ayollar jurnalistikasi yanada faollashadi

Foto: O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi

Kecha, 15-aprel kuni O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi qoshidagi «Jurnalist ayollar kengashi»ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda jurnalistlar, soha olimlari, tadqiqotchilar va matbuot kotiblari zamonaviy media makonida ayollarning o‘rni hamda ularning kasbiy qiyofasini shakllantirish masalalarini muhokama qilishdi.

Uyushma raisi vazifasini bajaruvchi Shuhrat Oripov xotin-qizlarga mo‘ljallangan yangi loyihalar haqida ma’lumot berdi.

Munozaralar davomida ishtirokchilar bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surishdi. Xususan, «Atirgul» ijodiy tanlovini qayta tiklash, tahririyatlarda «Mahorat maktablari»ni tashkil etish va ayollarning mediasavodxonligini oshirish takliflari qo‘llab-quvvatlandi.

Bundan buyon kengash yig‘ilishlari har oyda o‘tkazilib, ayollar jurnalistikasini rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring