Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Adham Otajonov (Abu Muslim)

Har bir amalingizni tahlil qilib, kimga yoki nimaga sig‘inayotganingizni bilish mumkin.

Bachadon bo‘yni saratoni qayerdan paydo bo‘lyapti?

Bachadon bo‘yni saratoni qayerdan paydo bo‘lyapti?

Illyustrativ surat

Keyingi 10 yil mobaynida Rossiyada bachadon bo‘yni saratonidan og‘rigan ayollar yigirma besh foizga yetdi.

Rospotrebnadzor epidemiologiya ilmiy-tekshirish institutining molekulyar diagnostika markazi mutaxassisi Olga Shipulina saraton xastaligining boshqa turlari ichida xavfliligi bo‘yicha bachadon bo‘yni saratoni birinchi o‘ringa ko‘tarilganini ta’kidlaydi. Bu xastalikka chalinganlarning aksariyatini 35 yoshga to‘lmagan ayollar tashkil etadi.

Shipulina ma’lumotlariga ko‘ra, muammo — zamonaviy ayollar jinsiy hayotining erta boshlanishi va jinsiy sheriklarning juda ko‘pligi bilan bog‘liq. Erkaklarda jinsiy sheriklar ko‘p bo‘lsa, shu yerda virusning juda keng tarqalgani qayd qilingan.

20 yoshga to‘lmasdan jinsiy hayotni boshlab yuborgan qizlarda boshqalarga nisbatan bachadon bo‘yni saraton kasaligiga chalinish ehtimoli juda yuqori hisoblanadi. Betartib jinsiy hayot bilan yashaydigan erkaklar juda xavfli bo‘lib, ular inson papilloma virusini (IPV) tashish bilan «shug‘ullanadi».

Bu virus jinsiy aloqa yo‘li bilan o‘tadi.

Nikohdan tashqaridagi jinsiy aloqalar statistikasi esa o‘ta dahshatlidir: 75 foiz erkaklar ayoliga xiyonat qiladi, 25 foiz erli ayollar esa eridan boshqalar bilan «yuradi». 60 foiz erkaklar eri bor ayol o‘ynashlari bilan uchrashib turadi. 12 foiz ayollar o‘z qo‘shnilari bilan zino qilishadi.

Shipulina zinokorlarga emlanib turishni tavsiya qiladi. Biroq bu arzon emas va ma’lum vaqt o‘tgach, yana takror emlanish talab etiladi. 

Tartibsiz jinsiy aloqa, ya’ni zino Islomda katta gunoh hisoblanadi. «Va zinoga yaqinlashmanglar. Albatta, u fohisha ish va yomon yo‘ldir», deya Qur’oni karimda marhamat qilinadi. Hadisi shariflarda ham zinoning gunoh ekanligi zikr qilingan. Shunday bo‘lishiga qaramay, aksar odamlar, xususan, o‘zini mo‘min sanaganlar ham bunday ogohlantirishlarga pisand qilishmaydi. Hayo, odob-axloq yo‘q bo‘lgan zamonaviy hayot tarzini ro‘kach qilib ham qo‘yishadi.

Biroq, vaqt o‘tishi va ilm-fanning rivojlanishi bilan gunohlar haqidagi ogohlantirishlar «eski kitoblar»dan olingan o‘gitlar, odob-axloqqa bo‘lgan chaqiriqlargina emasligi ma’lum bo‘lib, bular insoniyatning mavjud bo‘lishi uchun majburiy shart ekani oydinlashmoqda.

Bugun o‘zlarining moddiy muammolarini o‘ziga to‘q erkaklar hisobidan hal qilmoqchi bo‘lgan qiz va ayollar ko‘payib ketdi. Bu illat musulmon o‘lkalarida ham keng tarqalib bormoqda. Bunday «to‘kin hayot»ning asl bahosi qancha, deb so‘ralsa, odatda, hayotda erishilgan yutuqlarni ko‘ra olmay, hasad qilyapsizlar, degan ma’noda javob bilan og‘izga uriladi.

Biroq, asl holat shuki, ular Xudo bergan go‘zallikni «matoh» sifatida arzon bahoga sotishmoqda. Xo‘sh, keyin-chi... Keyin nima bo‘ladi?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring