«Beldersoy» va «Sijjak» sotiladi
Dengiz sathidan 1700 metr balandlikda, Tyan-Shan tizmasining etagida, O‘zbekistonning go‘zal hududida joylashgan «Beldersoy» oromgohi majmuasi sotuvga qo‘yildi.
Umumiy yer maydoni 46,1 gektar. Bino va inshootlarning umumiy maydoni 9 628,0 kv.mni tashkil etadi. Faoliyat turi — dam olish maskani.
Oromgoh mehmonxonasi 38 ta xonadan iborat bo‘lib, 78 o‘rinli hamda bir vaqtning o‘zida 4 nafardan 6 nafargacha sayyohlarni qabul qiladigan 16 ta kotteji bor. Hududning vertolyot qo‘nish maydonlari ham mavjud.
Tyan-Shan marvaridi nomini olgan, dengiz sathidan 959 metr balandlikda joylashgan, Ugom va Pskom tizmalari bilan chegaralangan, Pskom daryosi vodiysining o‘ng qirg‘og‘idagi Sijjak qishlog‘ida joylashgan «Sijjak» oromgohi ham sotiladi.
Umumiy yer maydoni 5,4 gektar. Bino va inshootlar egallagan maydon — 5 016,1 kv.m. Faoliyat turi — dam olish maskani. Oromgohda restoran, kinoteatr, barlar, diskoteka, internet, sauna, sport zallari, ochiq va yopiq suv havzalari, kottejlar bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter