Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bloger Nafosat Olloshukurova ruhiy shifoxonadan chiqarildi

Bloger Nafosat Olloshukurova ruhiy shifoxonadan chiqarildi

Xorazmdagi ruhiy kasalliklar shifoxonasida bugun, 28-dekabr kuni o‘tkazilgan tibbiy ekspertiza Nafosat Olloshukurovaning salomatligi yaxshilangan deb topgan. Bu haqda huquq faoli Abdurahmon Tashanov ma’lum qildi.

Ushbu xabarni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ham tasdiqladi.

«Agentligimizda Nafosat Olloshukurova masalasiga bag‘ishlab alohida matbuot anjumani tashkil etilib, uning salomatligi haqida batafsil  ma’lumotlar berilgan edi. Endilikda uning muolajalari nihoyasiga yetdi va u yangi yilni ota-onasi hamda farzandlari bag‘rida kutib olishi uchun barcha sharoit yaratildi», deyiladi AOKA xabarida.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning sentyabr oyi oxirlarida xorazmlik bloger N.Olloshukurovaning ruhiy asab kasalliklari dispanseriga yotqizilgani haqida xabar berilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring