Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bu yil qaysi viloyat abituriyentlari eng ko‘p talaba bo‘lgani aytildi

Bu yil qaysi viloyat abituriyentlari eng ko‘p talaba bo‘lgani aytildi

DTM joriy yilgi imtihonlar natijalariga ko‘ra abituriyentlari eng ko‘p talabalikka tavsiya etilgan hududlar haqida ma’lumot berdi.

Bunda doimiy yashash hududi inobatga olingan.

Shunday qilib, eng ko‘p abituriyent talabalikka tavsiya etilgan hududlar:

  1. Samarqand — 20 690 nafar (18,03 foiz);
  2. Qashqadaryo viloyati — 19 858 nafar (15,82 foiz);
  3. Farg‘ona — 18 340 nafar (18,86 foiz);
  4. Toshkent v. — 15 699 nafar (15,52 foiz);
  5. Buxoro — 14 337 nafar (23,88 foiz).

Jami abituriyentlar soniga nisbatan foiz hisobida eng yuqori natija Buxoro viloyatiga (23,88 foiz) to‘g‘ri keladi.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning joriy yil bitiruvchilari eng ko‘p talabalikka tavsiya etilgan hududlar:

  1. Samarqand — 11 295 nafar (27,74 foiz);
  2. Farg‘ona — 10 951 nafar (29,80 foiz);
  3. Qashqadaryo — 9 999 nafar (24,96 foiz);
  4. Buxoro — 8 833 nafar (39,82 foiz);
  5. Toshkent v. — 7 927 nafar (24,84 foiz).

Joriy yil bitiruvchilari talabalikka tavsiya etilgani bo‘yicha foiz hisobida eng yuqori natija Navoiy viloyatiga (42,02 foiz) to‘g‘ri keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring