Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun hududlarda yomg‘ir va qor yog‘adi

Bugun hududlarda yomg‘ir va qor yog‘adi

Foto: Xabar.uz

Bugun kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida  ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida  ertalab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda ertalab yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-7° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring