Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda fuqaro uyidan qurol topildi

Buxoroda fuqaro uyidan qurol topildi

Foto:«Xabar.uz»

Romitan tuman huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan olib borilgan  tadbir jarayonida  «Zarafshon» mahallasida istiqomat qiluvchi I. H. uyidan qurol topildi. U uzoq yillar davomida yashirin ravishda o‘qotar qurolni tegishli ruxsatnomasiz qonunga xilof ravishda saqlab kelgani aniqlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Buxoro viloyat IIB matbuot xizmati rahbari, mayor Quvvat Yarashov ma’lum qildi. Qurol 1934-yilda «IJEVSK» qurol zavodida ishlab chiqarilgan 1 nilli, 16 kalibrli «Ij-5» modelli,  10983-raqamli o‘qotar ov qurol ekani tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 248-moddasiga ko‘ra, tegishli ruxsatnomasiz o‘qotar qurol, shuningdek, o‘q-dori, portlovchi modda yoki portlatish qurilmasi tayyorlash, olish, olib yurish, saqlash, olib o‘tish yoki jo‘natish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilangan. Shunga ko‘ra I.H. nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring