Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda haydovchining xatosi bir kishining umriga zomin bo‘ldi

Buxoroda haydovchining xatosi bir kishining umriga zomin bo‘ldi

Buxoro shahrida haydovchining qoidabuzarligi oqibatida sodir bo‘lgan avtohalokatda bir nafar fuqaro vafot etdi.

«Xabar.uz»ga bu haqda viloyat IIB JXX YHXB Axborot xizmati boshlig‘i kapitan Ulug‘bek Shukurlayev ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 21-aprel kuni soat taxminan 18:10 larda Buxoro shahridagi Otbozor hududidan o‘tuvchi A-380b avtomobil yo‘lining 27 kilometrida Matiz va Lacetti avtomashinalari to‘qnashib ketgan.

Kuzatuv kamerasiga yozib olingan kadrlarda ko‘rinishicha, Matiz haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan avtomashina oldiga chiqib ketgan va YTH sodir etgan.

Avtohalokatda Matiz haydovchisi va yana ikki nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olgan. Ular zudlik bilan Buxoro shahar kasalxonasiga olib ketilgan. Biroq, tibbiy muolajalarga qaramay, yo‘lovchilardan biri – 54 yoshli ayol vafot etgan.

Haydovchi va yana bir yo‘lovchining ahvoli og‘irligi aytilmoqda.

Lacetti salonida bo‘lgan 3 nafar fuqaro va 1 nafar bolaning ahvoli yaxshi.

Ayni paytda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasiga asosan, tergov jarayonlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring