Buxoroning yana ikki tumaniga yangi hokim tayinlandi
To‘raboyev Mirshakar Muzaffarovich Kogon shahar hokimi etib tayinlandi.
Mirshakar To‘raboyev 1982 yilda Peshku tumanida tug‘ilgan. 2023 yilda Buxoro davlat universitetini bitirgan. Mutaxassisligi - moliya va iqtisodiyot.
Mehnat faoliyatini Buxoro shahar moliya bo‘limi iqtisodchisi sifatida boshlab, viloyat moliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan.
Ayni paytga qadar u O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Hamroyev O‘tkir Shomahmadovich Qorovulbozor tumani hokimi etib tayinlandi.
O‘tkir Shomahmadovich Hamroyev 1976 yilda Peshku tumanida tug‘ilgan. 2000 yilda Buxoro davlat universitetini, 2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini bitirgan. Mutaxassisligi - iqtisodiyot va davlat boshqaruvi.
Mehnat faoliyatini hisobchilikdan boshlab, Peshku tumani hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, viloyat iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshlig‘i, viloyat raqobat boshqarmasi va davlat aktivlarini boshqarish agentliging viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan.
U 2021 yildan beri viloyat hokimligi boshqaruv apparati axborot -tahlil guruhi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Avvaloq viloyatning Peshku va Vobkent tumanlariga yangi hokimlar tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter