Buxorodagi «sirli» giyohvandlik tarmog‘i fosh etildi
Illyustrativ foto
«Qoradori-2024» tadbiri doirasida giyohvandlik moddalarining yirik partiyasini tarqatishga uringan shaxslar ushlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga viloyat IIB axborot xizmati rahbari Ulug‘bek Shukurlayev ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Buxoro shahrining G‘ijduvon ko‘chasida shubhali harakatlari bilan e’tiboni tortgan fuqaro to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirilgan. Uning yonidan kelgusida sotish maqsadida saqlangan, ekspertiza xulosasiga ko‘ra, sof og‘irligi 2,87 gramm bo‘lgan «Srice» sintetik giyohvandlik moddasi aniqlangan.
Tezkor surishtiruvlar davomida mazkur modda gumonlanuvchiga tanishi tomonidan yetkazib berilgani ma’lum bo‘lgan. Shu kuni davom ettirilgan tezkor tadbirda uning sherigi 1,5 million so‘m evaziga «Alpha-PVP» va «Srice» moddalarini sotish vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Tergov-tezkor tadbirlari davomida Buxoro tumanidagi «Nometan» mahallasi hududida «Cobalt» avtomashinasi to‘xtatilgan. Tekshiruv chog‘ida avtomobil yo‘lovchi o‘rindig‘i ostida 77 ta maxsus paketga qadoqlangan, umumiy og‘irligi 457,1 gramm bo‘lgan «Srice» aniqlangan.
Qo‘lga olingan shaxsning ko‘rsatmalari asosida hududdagi xilvat joylar ham tekshirilgan. Natijada yana 29 ta paketda 142,9 gramm giyohvandlik vositasi yashirib qo‘yilgani aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida musodara qilingan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi Telgeramm messenjeridagi maxsus bot orqali «zakladchik» sifatida faoliyat yuritgan. U umumiy og‘irligi 602,7 gramm bo‘lgan giyohvandlik vositalarini Buxoro vilyaotidan Navoiy, Samarqand va Jmizzax viloyatlariga tarqatishni rejalashtirgan bo‘lgan. Mazkur «partiya»ning qora bozordagi taxminiy qiymati 843 millin so‘mga yaqin ekani ma’lum qilindi.
Holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 273-moddasi 5-qismi, «zakladchik» nisbatan esa 273-modda, 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter