Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chirchiqdan Olmaotaga xalqaro avtobus yo‘nalishi ochildi

Chirchiqdan Olmaotaga xalqaro avtobus yo‘nalishi ochildi

Joriy yilning 14 noyabr kunidan Chirchiq-Olmaota yo‘nalishida xalqaro avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston tomondan tashuvchi «O‘zavtotrans Servis» UK, Qozog‘iston tomonidan esa tashuvchi «O‘rda» firmasi xizmat ko‘rsatadi. Yo‘lovchilar bugungi kunda eng zamonaviy va bir qator qulayliklarga ega bo‘lgan  «VANHOL» avtobuslarda o‘z manzillariga yetkaziladi. Mazkur yo‘nalish masofasi 818,0 km. bo‘lib, qatnovga 16 soatu 30 daqiqa vaqt sarflanadi. Yo‘lkira haqi tashuvchilar tomonidan Chirchiqdan Ushkunur avtostansiyasigacha – 150 ming so‘m. Ushkunurdan Chirchiqgacha esa – 6 ming tenge qilib belgilandi. Yo‘nalishdagi qatnov «Turkiston» (O‘zbekiston), «Qazig‘urt» (Qozog‘iston) nazorat o‘tkazish maskanlari orqali amalga oshiriladi.

Bugungi kunda O‘zbekiston avtomobil taransporti agentligi tomonidan xalqaro avtobus yo‘nalishlari soni 11 taga yetdi. Shulardan 5 tasi Qozog‘iston Respublikasiga «Toshkent- Chimkent» (yanvar oyidan), «Toshkent- Olmaota» (aprel oyidan), «Toshkent-Qizilo‘rda» (iyul oyidan), «Nukus-Ushkunur» (avgust oyidan), «Chirchiq-Ushkunur» (14 noyabrdan) yo‘nalishlarida amalga oshirilmoqda.  

Qirg‘iziston Respublikasiga 1 ta «Toshkent-Bishkek» yo‘nalishida joriy yilning may oyidan buyon yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatilmoqda.

Tojikiston Respublikasiga shu kunga qadar 4 ta «Toshkent-Xo‘jand» (may oyidan), «Termiz-Dushanbe» (sentyabr oyidan), «Denov-Dushanbe» (sentyabr oyidan), «Samarqand-Panjikent» (sentyabr oyidan) yo‘nalishlari ochildi.

Rossiya Federatsiyasiga 1ta «Toshkent-Nijniy Novgorod» yo‘nalishida sentyabr oyidan e’tiboran qatnovlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu yo‘nalishlarda kuniga 15-16 ta avtobus xizmatidan o‘rtacha 600-700 ta yo‘lovchi foydalanmoqda. Yo‘nalishlar ochilgandan boshlab 62 000 dan ortiq yo‘lovchilar xalqaro yo‘nalishlarda o‘z manziliga yetkazildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring