Davlat raqobat qo‘mitasi tugatildi. Uning o‘rnida yangi organlar tashkil etildi
Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Farmon bilan quyidagilar tashkil etildi:
- Davlat aktivlarini boshqarish agentligi;
- Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi;
- Kapital bozorni rivojlantirish agentligi;
- Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi.
Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi Savdo-sanoat palatasiga berildi.
Tugatilayotgan Davlat raqobat qo‘mitasining quyidagi funksiyalari:
- bo‘sh turgan ob’yektlarning ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish funksiyasi – Davlat soliq qo‘mitasi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga;
- bo‘sh turgan ob’yektlarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklashga qaratilgan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha idoralararo komissiyalarning ishchi organi sifatidagi funksiyasi – Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga o‘tkazildi.
Farmonga muvofiq, davlat ulushlarini bosqichma-bosqich qisqartirish, samarali va shaffof xususiylashtirishni ta’minlash davlat siyosatining asosiy yo‘nalishi etib belgilandi.
- davlat aktivlarini samarali boshqarish bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritish – Davlat aktivlarini boshqarish agentligining;
- tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish – Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining;
- qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, tartibga solish va korporativ boshqaruv sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish – Kapital bozorni rivojlantirish agentligining asosiy vazifalari hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter