Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasiga rahbar tayinlandi

Hukumatning tegishli qarori bilan Sharipov Farrux Raximovich Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi ijro etuvchi direktori etib tayinlandi.
Farrux Sharipov 1969-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 1-son Samarqand klinik shifoxonasi shifokor-xirurgi vazifasidan boshlagan.
Keyinchalik 1-son Samarqand klinik shifoxonasi ambulator-xirurgiya markazi boshlig‘i, Toshkent viloyati 1-son klinik shifoxonasi bosh shifokorning davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, Toshkent tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i, SSV Moddiy-texnik bazani rivojlantirish Bosh boshqarmasi boshlig‘i, Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Shu kungacha u Sog‘liqni saqlash vazirligi Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish Bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter