Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat xizmatchilarining odob-ahloq qoidalari tasdiqlandi

Davlat xizmatchilarining odob-ahloq qoidalari tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Davlat fuqarolik xizmatchilari namunaviy qoidalari hamda Odob-ahloq komissiyasi to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.

Nizom bilan kasbiy faoliyatga oid, xizmat faoliyatiga oid hamda xizmatdan tashqari odob-ahloq qoidalari tartibga solinadi.

Namunaviy qoidalarga muvofiq, davlat fuqarolik xizmatchilari mehnat faoliyati davomida va ishdan tashqari vaqtda xulq-atvorning quyidagi umumiy qoidalariga amal qilishi lozim:

  • davlat xizmatining obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilish;
  • mas’uliyat, kasbiga sadoqat va halollikni kundalik shiorga aylantirish;
  • murakkab vazifalarni bajarishda hamkasblariga ko‘maklashish va b.

Davlat organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari va boshqa tashkilotlar joriy yilning 25 oktyabr sanasiga qadar o‘z faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda odob-ahloq qoidalarini tasdiqlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring