Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Depressiya, o‘ta og‘ir xavotirli holatlar» —  ilk bor o‘smirlarning ruhiy salomatligi bo‘yicha tadqiqot natijalari e’lon qilindi

«Depressiya, o‘ta og‘ir xavotirli holatlar» —  ilk bor o‘smirlarning ruhiy salomatligi bo‘yicha tadqiqot natijalari e’lon qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 14-oktabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida O‘zbekistonda ilk bor o‘smirlarning ruhiy salomatligi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari e’lon qilindi.

O‘zbekistonda o‘smirlarning ruhiy salomatligi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘quvchilarning 15,4 foizi — o‘rtacha va o‘ta og‘ir xavotir holatida ekani hamda 9,8 foizi — depressiyaga duch kelgani aniqlangan.

YuNISEF hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etgan ushbu tadqiqotda respublikadagi barcha 14 ta hududdagi 299 ta maktabning 22 ming 854 nafar o‘quvchisi ishtirok etgan. Tadqiqot orqali o‘spirinlarning ehtiyojlarini, ularning ruhiy salomatligi va ruhiy-ijtimoiy farovonligiga ta’sir qiluvchi maktab bilan bog‘liq omillarni o‘rganish maqsad qilingan.

«O‘smirlik juda katta imkoniyatlarni taqdim etadi, shuningdek, ruhiy salomatlikka ziyon yetkazuvchi omillar sababli alohida e’tiborni ham talab qiladi. Bu o‘smirlarning o‘rganish, qarorlar qabul qilish hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishlariga ta’sir qiladi», — dedi YuNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade.

«YuNICEF va hamkorlar bu borada profilaktika hamda erta aralashuv sa’y-harakatlarini kuchaytirishga alohida e’tibor bergan holda, Senat va barcha tegishli vazirlik-idoralar bilan ish olib boradi», — deya ta’kidladi u.

Natijalarga ko‘ra, o‘quvchilar hamda ota-onalar eng ko‘p duch keladigan to‘siqlar sifatida stigma va xijolat bo‘lish masalasida, maktab psixologi va ruhiy salomatlik borasida boshqa jamoat resurslari haqida ma’lumotga ega emas.

Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, 10 foizdan oshiq o‘quvchilar ijtimoiy bog‘liqlikni his etmaydi va ajratishni boshdan kechiradi: har o‘nta o‘quvchidan bittasi o‘zini maktab bilan bog‘lamaydi (8,7 foiz), undan ham ko‘prog‘i o‘zini maktabning bir qismi deb hisoblamaydi (13,1 foiz) yoki o‘zini sinfda yolg‘iz his qiladi (16,7 foiz).

«Maktablar akademik ta’lim tuzilmalari bo‘libgina qolmay, talaygina o‘spirinlar ko‘p vaqtini o‘tkazadigan joydir. Shuning uchun maktablar himoyani ta’minlashi mumkin, biroq o‘spirinlarning ruhiy salomatligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan xavf omillari ham mavjud», — dedi Xalq ta’limi vazirligi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining direktori Liliya Gaynutdinova.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring