Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga o‘rinbosar tayinlandi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga o‘rinbosar tayinlandi

Matluba Qahhorova Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqida qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi. 

Bugun 30 iyul kuni, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Prezident maslahatchisi M.M.Kamilov tomonidan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan Dilbar G‘ulomovani boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimdan ozod qilish to‘g‘risidagi hamda Matluba Kahhorovani Din ishlari bo‘yicha qomita raisi o‘rinbosari etib tayinlash to‘g‘risidagi Prezidentning Qarori o‘qib eshittirildi.

Dilbar Muxamedxonovna 2019 yilda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada yangi ochilgan xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishiga rahbar etib tayinlanib, Qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimida ish boshlagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring