Dollar sotayotgan shaxs tezkor tadbirda qo‘lga olindi
Valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrixon tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.Q. fuqaro A.G.ga jami 3 400 AQSh dollarini 43,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida uning yonidan 6 500 Rossiya rubli, 67 mln so‘m va 5 yevro pul mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter