Yekaterinburgda og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi
O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulxonasi og‘ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarimizga yordam ko‘rsatish va ularning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish ishlarini davom ettirmoqda.
Bosh konsulxonaga Navoiy viloyatida tug‘ilgan O.V.ning bir necha kundan buyon turarjoysiz qolgani va yashash uchun zarur sharoitlar yo‘qligi sababli ko‘chada tunashga majbur bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.
Murojaat diplomatlar tomonidan zudlik bilan o‘rganilib, vatandosh bilan konsulxonada suhbat o‘tkazilgan. Uning shaxsi va yuzaga kelgan holatlar aniqlanganidan so‘ng, konsullik xodimlari fuqaroning yaqinlari bilan bog‘langan.
Shundan so‘ng uni doimiy yashash joyiga xavfsiz qaytarish choralari ko‘rilgan. Bosh konsulxona ko‘magida Yekaterinburg–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta xarid qilinib, vatandoshning O‘zbekistonga xavfsiz qaytishi ta’minlangan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter