Ekologiyani buzganlar uchun jarimalar: qonun loyihasi qabul qilindi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi va belgilangan tartibda Senatga yuborildi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.
Qonunga ko‘ra, tabiatga zarar yetkazadigan qator huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga moliyaviy jarimalar qo‘llanadi. Jumladan:
- daryo o‘zanlaridan noruda materiallarni noqonuniy qazib olish;
- suvni ifloslantirish;
- daraxt va butalarni noqonuniy kesish;
- atmosferaga me’yordan ortiq zararli moddalar chiqarish;
- qurilish maydonlarida chang va qum tarqalishini bartaraf etmaslik;
- ruxsat etilmagan joylarda chiqindilarni yoqish.
Shuningdek, issiqxonalar, ishlab chiqarish binolari va yondirish uskunalarida shinalar, bitum, mazut, plyonka, rezina va shunga o‘xshash zararli chiqindilarni yoqish ham ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Qonun loyihasida sanoat va boshqa chiqindilarni to‘plash, tashish, saqlash, utilizatsiya qilish va qayta ishlash jarayonlarida ekologik talablarga rioya etmaslik uchun ham moliyaviy sanksiyalar joriy etilishi nazarda tutilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter