Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi ishxona hisobidan sayohatga chiqish mumkin

Endi ishxona hisobidan sayohatga chiqish mumkin

2022 yil 1 iyundan boshlab «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» dasturi doirasida jamoa shartnomalariga ish beruvchilar tomonidan xodimlar uchun yiliga bir marotaba mahalliy sayohatga chiqish imkonini yaratish qoidalari kiritiladi.

Bunda sayohat xarajatlarining bir qismi ish beruvchilarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplab beriladi.

Bu haqda 30 aprel kuni imzolangan «Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarorida so‘z boradi.

Shuningdek, quyidagilar «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» dasturi doirasida ichki turizmni rivojlantirish uchun mas’ul etib belgilangan:

  • yoshlar, ayniqsa, ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari uchun turizmning tarixiy bilim beruvchi, madaniy-ko‘ngilochar, ekstremal, ekologik, etno- va plyaj turizmi turlari bo‘yicha – Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi;
  • mehnat, mahallalar jamoalari uchun turizmning ishbilarmonlik, ekstremal, ekologik, agro-, etno- gastronomik turlari bo‘yicha – O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi;
  • xotin-qizlar uchun turizmning ziyorat, ma’rifiy, ijtimoiy, madaniy-ko‘ngilochar, ekologik, etnoturizm turlari bo‘yicha – Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi;
  • faxriylar, nuroniylar va pensionerlar uchun turizmning ziyorat, tibbiyot, sog‘lomlashtirish turizmi turlari bo‘yicha – Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi va «Nuroniy» jamg‘armasi.

Mazkur mas’ul tashkilotlar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha har yili ish beruvchilar bilan birgalikda xodimlar respublika bo‘ylab sayohatga chiqishi uchun sayohat grafiklarini tasdiqlashni hamda sayohatni amalga oshirishni ta’minlashi kerak.

Dastur doirasida ichki turizmni rivojlantirishni muvofiqlashtirib borish uchun mas’ul etib Turizm va madaniy meros vazirligi hamda mahalliy hokimliklar belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring