Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fatvo hay’ati kriptovalyutalar nojoiz ekanini e’lon qildi

Fatvo hay’ati kriptovalyutalar nojoiz ekanini e’lon qildi

Foto: Xabar.uz

Bitkoin, notkoin kabi kriptovalyutalarni o‘zaro ayriboshlash va ular bilan savdo-sotiq qilish shar’an joiz emas. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlar idorasi fatvo hay’ati ma’lum qildi. 

Chunki ushbu kriptovalyutalarda shariatimiz tomonidan pulga qo‘yilgan talablar topilmaydi. Qolaversa, ularni biror davlat ishlab chiqarmagani yoki rasman tan olmagani, narxining keskin o‘zgaruvchanligi hamda unda qimor alomatlari borligi u bilan muomala qilish harom ekaniga asos bo‘ladi. 

Shuni ham ta’kidlash joizki, hozirda faqat elektron ko‘rinishda mavjud bo‘lgan «raqamli pul»lar vaqt o‘tishi bilan shariatimizga muvofiq tovar va pulga qo‘yilgan shartlarga to‘liq javob bera olsa, shundagina ulardan foydalanishning hukmi ham o‘zgarishi mumkin. Demak, kriptovalyutalarning hukmi halol bo‘lmaguncha mo‘min musulmonlar bu pullar bilan savdo qilmay turishlari lozimdir, deyiladi fatvoda.

Zero Payg‘ambarimiz alayhissalom shunday deganlar:
«Halol ham aniq, harom ham aniq. Ularning o‘rtasida shubhali narsalar bor. Ko‘p odamlar buni bilmaydilar. Kim shubhalardan saqlansa, dini va obro‘sini pok saqlaydi. Kim shubhalarga tushsa, haromga tushadi...» (Imom Buxoriy rivoyati).

Kriptavalyutalar savdosi hozirga qadar Dunyo musulmon ularmolari birlashmasi, Saudiya Arabistoni kibor ulamolari hay’ati, Misr Arab Respublikasi «Dorul ifto» fatvo markazi, Iordaniya fatvo idorasi, Turkiya diyonat ishlari boshqarmasi fatvo markazi, Liviya fatvo uyi va Falastin fatvo markazi kabi nufuzli fatvo uyushmalar tomonidan harom deb e’lon qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring