Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fotoreportaj. Jurnalistlar — Payg‘ambar orolida

Fotoreportaj. Jurnalistlar — Payg‘ambar orolida

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston DXX Chegara qo‘shinlari boshqarmasi tashabbusi bilan televideniye, blogerlar, bosma ommaviy axborot vositalari va intenet nashrlari xodimlari ishtirokida tashkil etilgan media-tur davom etmoqda.

Kecha, 30-mart kuni jurnalistlar O‘zbekiston - Afg‘oniston chegarasiga yaqin hududdagi Payg‘ambar oroliga safar qildilar. U yerdagi chegara qo‘shinlari faoliyati bilan tanishdilar.

Tadbirning uchinchi kuni ham juda mazmunli o‘tishi mo‘ljallanmoqda. Bugun, 31-mart kuni, rejaga ko‘ra, ishtirokchilar chegara postidagi nonushtadan so‘ng «Hakim at-Termiziy» ziyoratgohiga tashrif buyurdilar. Shundan so‘ng OAV xodimlari Termiz chegara hududida bo‘lib, katerlar bazasi, muzey bilan tanishdilar, chegaraning suv hududini ko‘zdan kechirdilar.

Shundan so‘ng kayutalarda jurnalistlar va harbiylarning hamjihatlikdagi tushligi rejalashtirilgan. Kunning ikkinchi yarmida media-tur qatnashchilari Termiz aeroportiga kelib, maxsus samolyotda Toshkentga qaytadilar.

Ta’kidlash joiz, DXX Chegara qo‘shinlarining tashabbusi bilan uyushtirilgan bu tadbirlar jurnalistlar va umuman xalqimiz uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. Bir muddat muqaddam harbiylar, ayniqsa, chegarachilar faoliyatiga oid ma’lumotlar juda kam edi. Media-turda taqdim etilgan va OAV xodimlari tomonidan yoritilgan ma’lumotlar orqali sarhadlarimiz ishonchli qo‘llarda ekaniga yana bir bor ishonch hosil qildik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring