Haftaning har jumasi «Mashinasiz kun» deb e’lon qilinishi mumkin

Yo‘l harakati xavfsizligi konsepsiyasi loyihasida haftaning har juma kunini «Mashinasiz kun» deb e’lon qilish taklif qilinmoqda. Bu haqda Bu haqda «Gazeta.uz» ma’lum qildi.
Aytilishicha, juma kuni avtotransport vositalaridan foydalanmaslik, sog‘lom turmush tarzi (jumladan velosiped haydash) va ekologik muhitni saqlash keng targ‘ib qilinadi.
Shuningdek, umumta’lim maktablarida «Yo‘l harakati xavfsizligi» fanini majburiy o‘qitishni joriy etish, mamlakat OTMlarida ushbu fanni o‘qitishga ixtisoslashgan pedagoglarni tayyorlash bo‘yicha fakultetlar ochish taklif qilinmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter