Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Harbiy tibbiyot uchun yangi magistratura va aspirantura yo‘nalishlari ochiladi

Harbiy tibbiyot uchun yangi magistratura va aspirantura yo‘nalishlari ochiladi

O‘zbekistonda harbiy tibbiyot sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida yangi magistratura va aspirantura yo‘nalishlari joriy etiladi.

Bu haqda mudofaa vaziri general-mayor Shuhrat Xalmuhammedov ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, sohada kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish doirasida qator tibbiy yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim tashkil etiladi.

Jumladan, davolash ishi, stomatologiya, farmatsevtika, profilaktika, tibbiy kasb-hunar hamda hamshiralik yo‘nalishlari bo‘yicha magistratura va aspirantura dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.

Mudofaa vaziriga ko‘ra, mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy kadrlar tayyorlash harbiy tibbiyot tizimini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring