Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hid, ta’m va manzaralar kontrasti – Xivadagi «Qovun sayli» qanday o‘tmoqda? (foto)

Hid, ta’m va manzaralar kontrasti – Xivadagi «Qovun sayli» qanday o‘tmoqda? (foto)

Qovun sayli bo‘lib o‘tayotgan «Arda Xiva» majmuasiga kirsangiz, eng avvalo dimog‘ingizga qovun hidi uradi – muattar, ishtahani qitiqlovchi, ajoyib hid. Keyin esa o‘rta asrlarga hos binolarga ko‘zingiz tushadi – ajoyib imoratlar, kichik ko‘l, anhor va qayiqlar.

Bu o‘rinda tarixiy manzaralar qorishib ketgani ham o‘ziga hoslik kasb etgan – Xiva xonligiga hos me’moriy inshoot yonida Venetsiya kanallari bunyod etilgan, yevropacha ko‘priklar ostidan sof italyan qayiqlari suzib yuribdi, atrofda sayr etayotganlar orasida esa o‘zimizning qorako‘zlar qatori dunyoning turli joylaridan kelgan sayyohlar bor.

Bularning barchasi festivalga yarashiqli bir kontrastni yuzaga keltirgan. Qovun sayli shunchaki gastronomik tadbir emas, balki turli ta’m, an’ana va qadriyatlar omuxtasi bo‘lib turistlarni o‘ziga jalb etmoqda. Bunday tadbirlar yurtimizga qanchalik kerakligini shu yerga kelsangiz his qilasiz.


Eng qoyil qolarli jihat – festival davomida turli qovun navlarini nafaqat ko‘rishingiz, balki tatib ko‘rishingiz ham mumkin. Bu tadbir shunchaki sayyohlikni targ‘ib etib qolmaydi, balki yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yuzlab qovun navlarini saqlab qolishda ham muhim ahamiyatga ega.


Ma’lumot uchun: «Arda Xiva» zamonaviy sayyohlik majmuasi 24,5 gektar maydonni egallagan. Majmua tarkibiga 18 ta mehmonxona, 24 ta restoran va kafe, hunarmandchilik uylari, sharq bozori, akvaparklar, 3000 tomoshabinga mo‘ljallangan amfiteatr, sayr qilish uchun qulay qirg‘oq bo‘yi, musiqali favvora hamda boshqa sayyohlik infratuzilma ob’yektlari kiradi. Majmua bir vaqtning o‘zida 5000 nafargacha sayyohni qabul qilish imkoniyatiga ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring