Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hokimlar maktablarni gazeta va jurnallarga obuna qildiradi

Hokimlar maktablarni gazeta va jurnallarga obuna qildiradi

O‘zbekiston prezidentining 2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risidagi farmoni bilan tasdiqlangan Milliy dasturga muvofiq mahalliy hokimliklar maktablarni faqat xalq ta’limi yo‘nalishidagi bosma nashrlar bilan ta’minlashi kerak.

Xususan, har bir maktab «Ma’rifat», «Uchitel Uzbekistana», «Tong yulduzi», «Klass!» gazetalari, «Xalq ta’limi», «Til va adabiyot ta’limi», «Boshlang‘ich ta’lim», «G‘uncha», «Gulxan» jurnallari bilan obuna uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida ta’minlanadi.

«Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, mamlakatimizda va xalq ta’limi tizimida olib borilayotgan islohotlar, sohada joriy qilinayotgan yangiliklardan o‘qituvchi-pedagoglarni bevosita bosma nashrlar orqali xabardor qilib borish, shuningdek, o‘quvchilarning bilimi va tafakkurini oshirishga, ma’naviy-intellektual salohiyati, dunyoqarashini yuksaltirishga mo‘ljallangan bolalar nashrlari orqali esa o‘quvchi-yoshlarning darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarida o‘qishlarini tashkil etgan holda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga ko‘maklashib borishdan iboratdir», deyiladi XTV xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring