Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hokimlarga yangi o‘rinbosarlar tayinlanmoqda

Hokimlarga yangi o‘rinbosarlar tayinlanmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi hamda viloyat hokimlarining o‘rinbosarlari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshliqlari tayinlanmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga Ahmedova Maryam Halilayevna;

Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib Mirgaziyeva Zuhra To‘rayevna;

Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib Qurbonboyeva Gulsara Ahmedovna;

Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib Karamova Komila Zaydullayevna;

Sirdaryo viloyat hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib Tojiboyeva Nargiza Keldibekovna;

Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib Muxtorova Nazira Abdusattorovna;

Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lovozimiga Xidirova Zulxumor Abdirashidovna tayinlandi.

Avvalroq, Abdullayeva Gulnoraxon Ma’rifjonovna Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga, Rahmonova Zebiniso Po‘latovna Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring