Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ikki jamoaviy murojaat Oliy Majlisda ko‘rib chiqilmoqda

Ikki jamoaviy murojaat Oliy Majlisda ko‘rib chiqilmoqda

Avtomobillar oynasini qoraytirishga ruxsat berish hamda daraxtlarni muhofaza qilish tizimini isloh qilish haqidagi elektron jamoaviy murojaatlar ko‘rib chiqilmoqda.


Mavzuga doir: Prezident Shavkat Mirziyoyevga «O‘zbekiston qahramoni» unvonini berish haqidagi tashabbus 10 mingdan ortiq ovoz to‘pladi


Shu yilning aprel va may oylarida «Mening fikrim» veb-portalida O‘zbekistonda avtomobillar oynasini qoraytirishga ruxsat berish va daraxtlarni muhofaza qilish tizimini isloh qilish haqidagi elektron jamoaviy murojaatlar e’lon qilingan edi. Ushbu murojaatlar qisqa muddat ichida 10 000 dan ziyod ovoz to‘pladi.

Mazkur murojaatlar «Mening fikrim» veb-portali moderatori - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bergan xabariga ko‘ra, ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritilgan.

Ayni paytda vakolatli davlat organlari tomonidan zarur takliflar shakllantirilmoqda. Murojaatlar bo‘yicha qarorlar tegishliligi bo‘yicha 60 kun muddat ichida e’lon qilinadi. Vakolatli organ qabul qilgan qaror «Mening fikrim» portalida e’lon qilinadi.

Joriy yilning 20-aprelida ishga tushirilgan portalda bugungacha jami 45 ta jamoaviy murojaat e’lon qilingan. Ularning 35 tasi Oliy Majlis palatalari, 6 tasi xalq deputatlari viloyat Kengashlari, 4 tasi xalq deputatlari tuman Kengashlariga yo‘naltirilgan. Eng ko‘p murojaatlar qonunchilik va sud-huquq masalalari, ekologiya, fan, ta’lim va uy-joy xo‘jaligi sohalarida berilgan.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan portalning «Telegram» messenjeridagi botini va mobil ilovasini yaratish rejalashtirilgan. Eslatib o‘tamiz, yurtdoshlarimiz «Facebook» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali ham portalda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring