Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Insult xavfini 36 foizgacha kamaytirish yo‘li aytildi

Insult xavfini 36 foizgacha kamaytirish yo‘li aytildi

Muntazam jismoniy mashqlar ayollarda erkaklarga qaraganda yurak yetishmovchiligi va umumiy o‘lim xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Bu haqda Healthday xabar bermoqda.

Tadqiqotda 27 yoshdan 61 yoshgacha bo‘lgan 400 mingdan ortiq kishining ma’lumotlari tahlil qilindi. Ular o‘rtacha 20 yil davomida kuzatilgan.

Muntazam jismoniy mashqlar ayollarda erta o‘lim xavfini 24 foizga, erkaklarda esa 15 foizga kamaytirdi.

Jismoniy mashqlarning yurak uchun foydasi yanada sezilarli bo‘ldi. Jismoniy faol ayollarda o‘limga olib keladigan yurak yetishmovchiligi, insult yoki boshqa yurak-qon tomir kasalliklari xavfi 36 foizga, jismoniy faol erkaklarda esa 14 foizga kamroq bo‘lgan. Natijalardagi farq erkak va ayol anatomiyasi va fiziologiyasidagi farqlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Har qanday mashg‘ulot, shu jumladan tez yurish va kuch mashqlari foydalidir. Mualliflarning ta’kidlashicha, o‘rtacha hisobda ayollar erkaklarnikiga qaraganda kamroq mashq qilishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring