Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Internetda bitiruvchi kadrlar haqidagi sahifa ishga tushirildi

Internetda bitiruvchi kadrlar haqidagi sahifa ishga tushirildi

O‘zbekiston iqtisodiyotini ko‘tarishda kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojni o‘rganish va uning natijasi asosida kadrlarni maqsadli tayyorlash muhim rol o‘ynaydi. Bugungi kunda birorta mahalliy boshqaruv organlari yoki idora va tashkilotlar joriy yilda qaysi sohada qancha yosh mutaxassis tayyorlanayotganligi va ularning qanchasi qaysi shaharlarda qanday OTMlarni va qanday mutaxassisliklarni tamomlayotganligi haqida aniqroq ma’lumotga ega emas.

Ushbu muammoning yechimi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Uzluksiz ta’lim sifati monitoringi bosh boshqarmasi tomonidan yurtimizda kadrlar tayyorlash monitoringiga bag‘ishlangan yangi internet sahifa ishga tushirildi.

Davlat inspeksiyasining ushbu internet sahifasida Oliy ta’lim muassasalarining 2017-2018-o‘quv yilidagi bitiruvchilari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar joylashtirilgan bo‘lib, undan ish beruvchilar, tadbirkorlar, turli davlat boshqaruvi organlari, ta’lim muassasalari va umuman keng jamoatchilik foydalanishlari mumkin. Bu ma’lumotlar har bir viloyat yoki tuman hokimi, turli idora va tashkilotlar, qolaversa keng jamoatchilik uchun kerakli mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlarni qidirib topishda qulaylik yaratilishiga va pirovard natijada bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishini tezlashishiga xizmat qilishi mumkin.

Ayni vaqtda Davlat inspeksiyasida kasb-hunar ta’lim tizimi bitiruvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari ushbu sahifa mutaxassislari kelgusida kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojni ham o‘rganib, keng jamoatchilikka qulay bo‘lgan shaklda yoritib borishni rejalashtirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring