Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isparta: atirgul va binafsharang lavanda dalalari yastangan makon

Isparta: atirgul va binafsharang lavanda dalalari yastangan makon

Turkiya g‘arbidagi Isparta shahri sayyohlar orasida o‘zining gul bog‘lari bilan mashhur bo‘lib, ushbu ekoturizm maskanida rang-barang atirgul bog‘lari hamda binafsharang lavanda dalalari bilan minglab tashrif buyuruvchilarni o‘ziga rom etib keladi.

Hududning turli sport faoliyatlari, lazzatli taomlari va muhtasham bog‘lari kabi shirin gul ifori va hayratlanarli tabiat mo‘’jizalari Ispartani «albatta tashrif buyurilishi kerak bo‘lgan hudud»ga aylantirdi. Bundan tashqari, «2023 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi 50 ta joy» ro‘yxatiga kirgan Turkiyaning mashhur «Ko‘llar hududi»ning bir qismi ham Isparta chegaralari ichida joylashgan.

Atirgul va lavandalar mamlakati

Turkiyaning atirgul markazi bo‘lgan Isparta dunyoda yetishtiriladigan atirgul yog‘ining 65 foizini ishlab chiqaradi. Hududdagi atirgullardan atirgul lokumi, atirgul murabbosi kabi mazali yeguliklar ham tayyorlanadi va zamonaviy zavodlarda qayta ishlanadi. Shuningdek, atirgul suvi, atirgul yog‘i, atirgul parfyum va kremlari kabi turli xil kosmetika mahsulotlari ham ishlab chiqariladi. May va iyun oylarining oxirida bo‘lib o‘tadigan yillik atirgul yig‘im-terim marosimi aholi va mehmonlar tomonidan keng nishonlanadi.

Atirguldan tashqari, Isparta ayni paytda lavanda yetishtirish bilan ham mashhur. Bugungi kunda Isparta viloyatining Kechiborlu tumanidagi Kuyujak qishlog‘idagi lavanda bog‘lari Turkiya lavanda yetishtirishining 90 foizini tashkil qiladi. O‘rim-yig‘imdan keyin nam yoki quritilib ishlov berilgan lavanda keyinchalik kremlar, sovunlar, yog‘lar, odekolon va boshqa mahsulotlarga aylanadi. Atirgul yig‘im-terimidan so‘ng, lavanda hosili iyul oyining oxiridan avgust oyining o‘rtalariga qadar yig‘ib teriladi.

Ko‘llar hududining yorqin yulduzi

Ispartaning jozibasini atirgul va lavanda bog‘lari bilan birga O‘rta yer dengizi havzasidagi bir qancha ko‘llar joylashgan Ko‘llar hududining betakror tabiatida ko‘rish mumkin. Ispartadagi eng katta ko‘llar Egirdir va Kovada. Egirdir CittaSlow shahri bo‘lib, tumanning mashhur olma bog‘lari bilan o‘ralgan ajoyib tabiat mo‘’jizasi Egirdir ko‘li bo‘yida joylashgan.

Ko‘l atrofida piyoda yoki velosipedda yurish, qayiqda sayohat qilish va ko‘l bo‘yidagi restoranlarda yangi tutilgan baliqlardan tanovul qilish kabi unutilmas sarguzashtlarga ega bo‘lish mumkin. Egirdir ko‘lida ikkita orol bor: nisbatan kimsasiz bo‘lgan Jon oroliga ko‘pincha chodir qurish va piknik qilish maqsadida tashrif buyuriladi. Yashil orolda esa yog‘och uylar va tor ko‘chalardan iborat qishlog‘ mavjud. Orol taniqli nasroniy maskani hisoblangan Aya Stefanos cherkovi bilan mashhur.

Tumanda Egirdir ko‘lidan tashqari Sharqiy Rim davriga oid Eğirdir qal’asi va 800 yillik Xizirbey masjidi ham bor. Kovada o‘zining noyob flora va faunasi bilan manzarali muhitni taklif etadi va ko‘l atrofidagi milliy bog‘ning xushmanzara tabiatini suratga olish, yovvoyi tabiatni kuzatish, piyoda sayr qilishni xush ko‘radiganlar uchun mukammal maskandir.

Tarix va tabiat o‘rtasidagi trekking sarguzashtlari

Ko‘llar hududida bir nechta qadimiy shaharlar mavjud bo‘lib, piyodalar uchun yo‘laklar ushbu joylarni sayohat qilishning ideal usulini taklif qiladi. St.Paul va Pisidiya yo‘llari Isparta viloyatidagi arxeologik hududlardan o‘tadi. Turkiyaning eng uzun piyoda yo‘llaridan biri bo‘lgan St.Paul yo‘li Ispartaning Chandir qishlog‘idagi Yazili kanonidan o‘tib, Antaliyaning Perge shahrigacha cho‘zilgan. Kislorod ombori bo‘lgan ushbu kanon ibodatxonalari va qoya yozuvlari tufayli tarixiy ahamiyatga ega.

Adadadagi Troyan va imperatorlar ibodatxonasi, Zevs Megistos-Serapis ibodatxonasi kabi muqaddas joylarni ziyorat qilgandan so‘ng, Avgust ibodatxonasi, Rim vannalari va Pisidiya Antioxiyadagi monumental favvora kabi antik davr inshootlarni ko‘rish mumkin. Qadimiy shahardan topilgan topilmalar SittaSlow tarmog‘ining yana bir a’zosi – Yalvach shahri muzeyida namoyish etilmoqda.

Psidiya mintaqadagi yana bir diqqatga sazovor piyoda yo‘li bo‘lib, Ispartadagi qadimiy Adada, Antioxiya va uning atrofidagi shaharlarni ziyorat qilish imkoniyatini beradi. Marshrutdagi eng taniqli va tarixiy maskan Sagalassos qadimiy shahridir. Burdurning Aglasun tumanida joylashgan Sagalassosda 1800 yillik Antonin favvorasi mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring