Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi fuqarolarga murojaat qildi

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi fuqarolarga murojaat qildi

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi Yangi yil arafasida bayram sovg‘alarini to‘g‘ri tanlash uchun quyidagi bir nechta maslahatlarni taqdim etdi. 

Tegishli  hujjatlarga ega bo‘lmagan, yorliqlarida iste’molchi uchun ma’lumotlar taqdim etilmagan sovg‘alarning sotilishi ma’n etiladi.

Sovg‘a o‘ramida iste’molchilar uchun qanday ma’lumotlar bo‘lishi kerak?

-  oziq-ovqat mahsulotlarining nomi, ishlab chiqarilgan sanasi, saqlash muddati.

- O‘yinchoq nomi, ishlab chiqarilgan mamlakat nomi, o‘yinchoq mo‘ljallangan bolaning eng kichik yoshi, ishlab chiqarilgan sanasi.

Tavsiyalar:

- Sovg‘alarni faqat uyushgan savdo joylarida: do‘konlarda, savdo markazlarida, rasmiy bozorlardan xarid qilinishi lozim.

- Tarkibida minimal  darajadagi oziq-ovqat qo‘shimchalari, konservantlar, oshpazlik va qandolat yog‘lari, soya mahsulotlari, aromatizator mavjud bo‘lgan mahsulotlarni xarid qilish  maqsadga muvofiq.

 Yodda tuting: 

  • Sovg‘alarning narxi balandligiga emas, sifatiga qarab xarid qiling.
  • Tovarlar uchun nazorat kassa chekini olishni unutmang.
  • Iste’molchi sotuvchidan yangi yil sovg‘asidagi tovarlarning sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlarni so‘rash huquqiga ega.
  • Sovg‘alar  agar iste’molga yaroqsiz chiqsa (yaroqlilik muddati o‘tgan, sifatsizligi aniq belgilari bilan, o‘ramining yaxlitligini buzgan holda) iste’molchi uni qaytarib berishi yoki sifatlisiga almashtirishi mumkin.

Agar sizda  yangi yil sovg‘alarining sifati va ularni sotish paytida huquqlaringiz buzilishi haqida savollaringiz bo‘lsa O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining 1159 qisqa raqami  va consumer.uz veb-saytiga murojaat qilishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring