O‘shda taksichilardan jabrlangan o‘zbekistonliklar rasmiylarga murojaat bilan chiqdi

Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyatidagi taksi haydovchilari tufayli o‘zbekistonliklar mahalliy rasmiylarga murojaat bilan chiqdi.
Ular o‘z murojaatlarida taksi haydovchilarining insofsizligi va zo‘ravonligidan shikoyat qilishgan.
2-avgust kuni ayrim mahalliy Telegram kanallarda e’lon qilingan murojaatda aeroportdagi taksi haydovchilari Rossiyadan O‘sh xalqaro aeroportiga uchib, O‘zbekistonga ketmoqchi bo‘lgan fuqarolarni mashinalariga mindirib, chegaragacha – 5-6 km masofa uchun har bir kishidan 500 qirg‘iz somi (66,4 ming so‘m)dan undirib kelayotgani aytiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qirg‘iz deputati Alisher Qo‘ziyev qirg‘iz-o‘zbek chegarasidagi “Do‘stlik” punktida chegarachilar o‘zbekistonliklardan pul ta’ma qilayotganini aytgan va parlamentdagi yig‘ilishda hukumatdan “bu masalaga alohida e’tibor qaratish”ni talab etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter