Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxga tashrif, chegaradagi jurnalistlar, yangi federatsiya, olti oyoqli buzoq, «Ochiqlik indeksi» reytingi, «Telegram» firibgarlari va boshqa xabarlar

Jizzaxga tashrif, chegaradagi jurnalistlar, yangi federatsiya, olti oyoqli buzoq, «Ochiqlik indeksi» reytingi, «Telegram» firibgarlari va boshqa xabarlar

Kollaj: «Xabar.uz»

Bugun, 30-mart kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

Shavkat Mirziyoyevning Jizzaxga tashrifi

Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Jizzax viloyatiga jo‘nab ketdi.

Shavkat Mirziyoyev: «Endi bir kilogramm paxtamizniyam chetga sotmaymiz»

Bu korxonani bunyod etish bo‘yicha Prezidentning o‘tgan yili viloyatga tashrifi chog‘ida topshiriq berilgan edi. Shavkat Mirziyoyev yaqinda Samarqand viloyatida bo‘lganida har bir tumanda kamida ikkitadan tekstil korxonalari qurish zarurligini ta’kidlagan edi.

Shavkat Mirziyoyev: «Hokim o‘rinbosarlari oyning 15-kuni chet elga chiqishi kerak»

Jizzax shahridagi sobiq to‘qimachilik kombinatining bo‘sh turgan binolari negizida zamonaviy to‘qimachilik majmuasini barpo etish, «Jizzax», «Zomin-farm» erkin iqtisodiy zonalarida 2018-2019-yillar uchun rejalashtirilgan investitsiya, shuningdek, viloyatda yengil sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi.

Prezident bolalar bog‘chalari va maktablarga kuzatuv kameralari o‘rnatish bo‘yicha topshiriq berdi

Jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish, yo‘l-transport tizimini tartibga solish, bu borada Jizzaxda ham Toshkent shahri tajribasini joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Profilaktika inspektorlarini axborot texnologiyalariga o‘qitish, bu bo‘yicha ilmiy-amaliy qo‘llanma yaratish zarurligi qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev: «Rahbarlarning oyog‘i yerdan uzilmasligi kerak»

Barcha tumanlarda foydalanilmagan imkoniyatlarni ishga solish, Forish tumanida suv ombori qurish orqali qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, lalmi hududlarni uzumchilikka ixtisoslashtirish, «Obod qishloq» dasturi asosida qishloqlardagi ahvolni yaxshilash, tomorqalardan foydalanishni kengaytirish masalalari haqida so‘z yuritildi.

Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahridagi ko‘p qavatli uylar qurilishini ko‘zdan kechirdi

Sharof Rashidov tumani Uchtepa shaharchasida ko‘p qavatli, «Toqchilik» qishloq fuqarolar yig‘inida arzon uy-joylar qurish, Islom Karimov ko‘chasi bo‘yicha zamonaviy infratuzilma ob’yektlari barpo etish, Toshkent va Alisher Navoiy ko‘chalari kesishgan hudud qiyofasini o‘zgartirish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash va boshqa loyihalar rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev Manas qishlog‘iga bordi

Aholining tomorqa xo‘jaliklaridan samarali foydalanishiga ko‘maklashish, fermer va dehqon xo‘jaliklariga buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha konsalting xizmati ko‘rsatish, moliyalashtirish bazasini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shavkat Mirziyoyev: «Obod qishloq» dasturi odamlarning dunyoqarashini o‘zgartiradi

Qishloq vrachlik punkti o‘rnida zamonaviy oilaviy poliklinika bunyod etildi. Prezidentimiz ushbu poliklinikani kirib ko‘rdi. Aholi salomatligini saqlash, kasalliklarni profilaktika qilish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi.

Jizzax viloyatiga hokim tayinlandi

Paxta maydonini qisqartirish evaziga meva-sabzavotchilikni rivojlantirish, mahsulotni saqlash va qayta ishlashga mo‘ljallangan korxonalar tashkil etish, lalmi yerlarga eksportbop ekinlar ekish, tog‘oldi hududlarda dorivor o‘simliklar yetishtirish, chorvachilikni rivojlantirish, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Jamiyat

Fotoreportaj. DXX Chegara qo‘shinlari boshqarmasiga press-tur

Uch kunlik press-tur dasturi doirasida birinchi kuni mehmonlar Toshkentdagi DXX Chegara qo‘shinlari muzeyi va Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidagi chegara nazorati faoliyati bilan tanishishdi.

Ichki ishlarga ishga kirish talablari e’lon qilindi

Yakuniy suhbat natijalari ko‘ra nomzodning xizmatga kasbiy jihatdan yaroqliligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.

Bobomurod Abdullayev sobiq MXX tergovchisi Nodir To‘raqulov tazyiqlari haqida so‘zlab berdi

«Kursdoshim bir yil mobaynida inson huquqlari va erkinliklari buzilishi haqidagi maqolalarni «Ozod Ovoz» sayti uchun tarjima qilgan, ammo yuqoridagilarni emas», — dedi sudlanuvchi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyatida o‘zgarish bo‘ldi

U bungacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Oliy Majlis deputati har bir rahbarga majlislar bo‘yicha o‘rinbosar lavozimi joriy etishni taklif qildi

«Davlat rahbari bir necha bor majlislarni qisqartirish haqida ta’kidlab o‘tdi. Biroq mas’ullar hamon majlisbozlik bilan ovora. »

Fotoreportaj. Chegarachilar faoliyatiga bir nazar

Hozirda O‘zbekiston bilan qo‘shni davlat chegaralarida 69 ta o‘tkazish punktlari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, ular orqali kuniga 120 mingdan ziyod kishi kirib-chiqmoqda. Ularning to‘rtdan bir qismi esa aynan «G‘ishtko‘prik» (Qozog‘istonda — «Jibek joli») hissasiga to‘g‘ri keladi.

Media-tur qatnashchilari Afg‘oniston chegarasida

30-mart kuni mediatur qatnashchilari respublikamizning Afg‘oniston bilan chegaradosh hududlarini qo‘riqlayotgan chegarachilar faoliyati bilan tanishish uchun ushbu davlat chegarasiga tashrif buyurishdi.

«Ochiqlik indeksi»da qaysi idora nechanchi o‘rinda? (to‘liq jadval)

«Ochiqlik indeksi»ning hokimiyatlar o‘rtasidagi reytingida Toshkent shahar hokimligi 89 ball bilan birinchi o‘rinda bo‘lsa, 53 ball bilan Andijon viloyat hokimligi oxirgi o‘rinni egallagan.

Ta’lim

Fan olimpiadalaridagi g‘irromliklar

Fan olimpiadasi va bilimlar bellashuvi ta’lim tizimida haqiqiy bilimli va iqtidorli o‘quvchilarni saralab olishga xizmat qiladi deganlar xato qiladi.

Hodisa

O‘zbekistonda yer silkinishi kuzatildi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 30 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:54 da O‘zbekiston Respublikasi hududida yer silkinishi qayd etildi.

5-sinf o‘quvchisi 92 yoshli otaxonni velosipedda urib yubordi

Ammo ba’zan velosiped boshqaruvini yo‘qotib qo‘yayotgan yoki uni atayin tez haydayotganlar ham borki, ular istirohat bog‘lariga madaniy hordiq uchun kelganlar kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Jomboyda olti oyoqli buzoq tug‘ildi

Xonadon egasi Husniddin Xo‘jayevning aytishicha, jonivor shu yilning 20-mart kuni dunyoga kelgan. Mustaqil harakatlana olmasa-da, hozircha uning ahvoli yaxshi. Xonadon egasi buzoqni sun’iy yo‘l bilan oziqlantirmoqda.

Cho‘kayotgan qizni qutqaraman deb namanganlik yigit halok bo‘ldi

29-mart kuni soat 17:00larda 1999 yilda tug‘ilgan M.Rahimjonova Uchqo‘rg‘on shahar «Ulug‘bek» MFY Nodira ko‘chasi hududidan oqib o‘tuvchi «Shimoliy Farg‘ona» kanaliga ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketadi.

Sport

O‘zbekistonda Xokkey federatsiyasi ochildi, rahbari ham saylandi

Adliya vazirligi axborot xizmatidan xabar qilishlaricha, vazirlik 2018 yil 28 martda O‘zbekiston Respublikasi Xokkey federatsiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

«Yevropani qanday zabt etgan bo‘lsam, AQShni ham xuddi shunday zabt etaman». Zlatan — Los-Anjelesda (video)

«Men sabrsizlik bilan yonyapman. Oldimda hech qanday savol yo‘q edi — men «Los-Anjeles Gelaksi» mening jamoam edi. Men ularni tanladim, ular meni tanlashiga hojat qolmadi».

Iqtisodiyot

Yangi farmon: meva-sabzavotchilikni rivojlantirishda xorijiy ekspertlar uchun ish, viza, propiska va boshqa imtiyozlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 29 mart kuni «O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» farmonni imzoladi.

Texnologiya

Firibgarlar «Telegram»da yuzaga kelgan uzilish ortidan 59 ming dollarni qo‘lga kiritdi

«Twitter» ijtimoiy tarmog‘ida «Telegram» asoschisi Pavel Durovning soxta akkauntlari paydo bo‘ldi va ular kecha yuzaga kelgan uzilishdan «kechirim» so‘ragan holda kriptovalyuta aksiyalarini o‘tkazmoqda.

Smartfonlarni «o‘ldiruvchi» yangi virus tarqaldi

«Trend Micro» kompaniyasi tadqiqotchilari uzluksiz mayning natijasida smartfonlarni ishdan chiqarishga qodir virus tarqalganini aniqladi.

Toshkentda yirik innovatsion forum o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Rivojlanish strategiyasi markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Dunyo

Tailandda 20 kishi avtobusda tiriklay yonib ketdi

Haydovchi avtobusni to‘xtatgan va u bilan birga 24 yo‘lovchi ham chiqishga ulgurgan. Orqa salondagi 20 nafar mehnat muhojiri esa tiriklayin yonib ketgan.

Turkiyada ham halokat. Noqonuniy migrantlar joylashgan mikroavtobus yonib ketdi

Mikroavtobusda Eron-Turkiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan Afg‘oniston, Pokiston va Iroq fuqarolari bo‘lgan. Xabarga ko‘ra, 14 kishilik avtobusda 50 dan ziyod kishi joylashgan.

Rossiyada nimalar bo‘lyapti? Vladivostokda kuchli yong‘in yuz berdi (video)

Yong‘inni bartaraf etishga 35 nafar xodim va 8 ta texnika jalb etilgan.

«Rossiyaning javobi»: Rossiya TIV «Skripal ishi»da nodo‘stona munosabat bildirgan davlatlar elchilariga norozilik notasi topshiradi

Elchilarga norozilik notasi taqdim etiladi va Rossiya tomonidan javob choralari ko‘riladi.

Tavsiya qilamiz

Qachon muvaffaqiyatga erishamiz?

Ko‘l yoqasida baliq ovlayotgan donishmand muvaffaqiyat talabgorining muddaosini tinglagach, unga suvga tushishni buyuribdi. Jahongashta hayratini yashira olmay, bir muddat donishmandga taajjubli nigohda tikilib qolibdi.

Mehrga to‘ymagan bola smartfonga to‘yadimi?

Endi bolangizning qayerdaligini bilib ko‘nglingiz to‘layaptimi? Farzandingiz risoladagidekmi? Hech qanday muammo yo‘qmi? Javob berishdan avval o‘ylab ko‘ring. Axir hamma ota-ona ham farzandiga telefon, ayniqsa, smartfonu gadjet olib berolmaydi, xo‘sh, ular bolalarini qanday nazorat qilishayotgan ekan? Ularning farzandlari sayoq yuribdimi?

«Bu — mening kasbim, biroq men terrorchi emasman!»

Jurnalistning birgina aybi bor – sukut saqlashni bilmaydi.  Jonini xatarga qo‘yib, haqiqatni oshkor qilgan jurnalistning maqsadi – nohaqlikka chek qo‘yish, xolos. Haqiqatni aytish yoki jurnalistika jinoyatmi?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring