Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda sel ofati bilan kurashish chog‘ida halok bo‘lgan DXX xodimi «Jasorat» medali bilan taqdirlandi

Jizzaxda sel ofati bilan kurashish chog‘ida halok bo‘lgan DXX xodimi «Jasorat» medali bilan taqdirlandi

Kadr: «Sevimli»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiylarini mukofotlash to‘g‘risida»gi Farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda «Xalq so‘zi».

Farmonga ko‘ra, harbiy burchini ado etishda hamda tabiiy ofat davomida odamlar hayotini saqlab qolishda ko‘rsatgan mardlik va jasorati uchun O‘razoliyev Shoxruxbek Norjigit o‘g‘li (vafotidan keyin) hamda Muxidinov Bobirjon Nasirdinovich (O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari chegara posti boshlig‘ining o‘rinbosari) «Jasorat» medali bilan mukofotlandilar.

Shoxruxbek O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari mutaxassis-granatomyotchisi edi.

Eslatib o‘tamiz, Jizzax viloyatiga kuchli sel kelgan paytda FVV, IIV, DXX, mahalliy hokimiyat va boshqa tashkilotlar vakillari yuzaga kelgan noxush holatlarning oldini olish uchun jalb etilgan. Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari tarkibida 2014-yildan buyon shartnoma asosida ishlab kelgan O‘rozaliyev Shohruxbek Norjigit o‘g‘li ham sel kelayotganda uning yo‘lini to‘sish chog‘ida hayotdan ko‘z yumgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring