Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Kabar» agentligining O‘zbekistondagi muxbiri To‘lanboy Qurbonov vafot etdi

«Kabar» agentligining O‘zbekistondagi muxbiri To‘lanboy Qurbonov vafot etdi

O‘zbekiston TIV matbuot kotibi sahifasida Qirg‘iz Respublikasining «Kabar» milliy axborot agentligining O‘zbekistondagi ko‘p yillik muxbiri, tajribali jurnalist To‘lanboy Qurbonov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirildi.

To‘lanboy Qurbonov 1952-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. U faoliyati davomida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yoritishga munosib hissa qo‘shgan. Uzoq yillar respublika radiosining qirg‘iz bo‘limida faoliyat olib borgan.

U 2003-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida doimiy akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy jurnalist sifatida mamlakatdagi muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni xolis va tezkor yoritib kelgan.

Shuningdek, To‘lanboy Qurbonov qirg‘iz va o‘zbek xalqlari o‘rtasidagi madaniy yaqinlikni mustahkamlashga qaratilgan tarjima ishlarida ham faol ishtirok etgan. Jumladan, u qirg‘iz xalqining buyuk adibi Chingiz Aytmatov asarlarini tarjima qilish orqali ma’naviy meros targ‘ibotiga hissa qo‘shgan.

«Xabar.uz» marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring