Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olinmoqda

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olinmoqda

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bag‘dod tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro G.D. «Qorako‘l» MFY hududidagi dorixonada norasmiy faoliyat yuritib, fuqaro M.X.ga 100 dona «Gabapentin kanon» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 250 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonada 623 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda «J.I.» MChJga qarashli dorixonasi sotuvchisi B.S. fuqaro J.N.ga shifokor retseptisiz tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan 2 quti «Benzanol» nomli dori vositasini 100 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan 300 dona dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring